Polşada xorijiy davlatlar qurolli kuçlari, xususan, NATO tezkor harbiy bölinmalari joylaşuviga oydinlik kirituvçi qonun kuçga kirdi, deb xabar qilmoqda Polşa matbuot agentligi. 

Hujjat Polşa hududida çet el armiyalarining öquv maşğulotlaridan boşqa harbiy amaliyotlarni ötkazişga doir huquqiy me'yorlarni joriy etadi. 

"Amaliyotda esa bu zarur bölgan taqdirda Polşa hududi yoxud havo kengliklaridagi tezkor xorijiy kuçlarga barham beriş, ularning harakatini tösib qöyiş yoki xizmatidan foydalanişni tartibga soladi", - deb ma'lum qilgan qonun loyihasini işlab çiqqan hukumat matbuot xizmati. 

Qabul qilingan loyihaga köra, Polşada xorijiy harbiylarni joylaştirişga faqat prezident ruxsat beradi. Ammo buning uçun mudofaa vaziri, Boş vazir bilan kelişgan holda maxsus sörov kiritişi lozim böladi. Şuningdek, ittifoqdoş kuçlarga ham polyak armiyasi kabi huquqlar va imkoniyatlar taqdim etiladi. 

Avval xabar berganimizdek, NATO qöşinlarini joylaştiriş töğrisidagi yangi me'yorlar, Polşa parlamenti ikkala palatasi Seym va Senatda ham tasdiqlangan, 20 may kuni prezident tomonidan tasdiqlangan edi.