Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining 2016 yil 5 martdagi “Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari sayloviga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş töğrisida”gi qaroriga muvofiq ötkazilayotgan fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilari saylovi Jizzax viloyatida yakunlandi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda. 

– Saylovlar demokratik tamoyillar asosida tenglik va oşkoralik ruhida yuqori saviyada ötdi, – deydi Jizzax viloyati fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi komissiyasi raisi Bahrom Mamajonov. –  Saylovda viloyatda röyxatga olingan 29 ming 142 saylovçilar vakillarining 86 foizi rais va ularning maslahatçilarini saylaşda iştirok etdi.

Viloyatdagi 15 şaharça, 99 qişloq, 199 mahalla fuqarolar yiğinida bölib ötgan saylovlarda 304 fuqarolar yiğini raislari va ularning 2 ming 972 maslahatçisi saylandi. Mavjud 304 fuqarolar yiğiniga işçi guruhlar tomonidan muqobillik asosida 3-4 tadan, jami 950 nomzod taklif etildi. Fuqarolar yiğinlarining 68 tasida saylov yaşirin ovoz beriş orqali amalga oşirildi. Raislarning 234 tasi yoxud 77 foizi birinçi marta saylandi. 

Saylangan raislar tarkibida mutaxassisligi pedagog bölgan, tarbiyaviy işda tajribaga ega öqituvçilar soni ortib borayotgani “Mahalla – tarbiya maskani” deyilgan ta'rifning isbotidir. Jumladan, 2013 yili saylangan raislarning 21 foizini öqituvçilar taşkil etgan bölsa, bu gal uşbu kasb egalari 28,3 foizga yetdi.

Saylovda yoş va yangiça fikrlaydigan nomzodlarga köproq işonç bildirildi. Şu bois saylangan raislar oldingilarga nisbatan ança yaşardi. Jumladan, saylangan  raislarning 12,5 foizi qirq yoşgaça, 41,3 foizini qirq yoşdan 50 yoşgaça, 46,2 foizini 60 yoşgaça bölganlar taşkil etdi.

Bu saylovda ötgan galgidan farqli yana bir muhim jihat – maslahatçilar tarkibida kuzatildi. Saylovda 2 ming 972 nafar, örtaça har bir fuqarolar yiğiniga 9 nafardan maslahatçi saylandi. Ötgan saylovda maslahatçilar tarkibida oliy ma'lumotlilar 45,6 foizni taşkil etgan bölsa, bu safar bu toifadagi maslahatçilar 61 foizga yetdi. Xuddi şunday maslahatçilar tarkibida xalq ta'limi sohasi xodimlari va huquşunoslar soni ham oşdi.