Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2018 turnirining 3-saralaş bosqiçi arafasida Iroq terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Bu haqda FIFA rasmiy saytining Özbekiston futbol federatsiyasiga ajratilgan sahifasida körsatilgan.
FIFA saytida keltirilgan ma'lumotlarga köra, uçraşuv şu yilning 24 iyul kunida Toşkent şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan.

Özbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida uşbu öyin haqida hozirça heç qanday xabar berilmadi.
Şuningdek, FIFA ma'lumotida Özbekiston 24 avgust kuni Yamanga qarşi, 10 noyabr kuni esa Iordaniyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşişi körsatilgan.






