Xitoy tergov organlari KXDR bilan çegaradoş hududdagi Dandun şahrida bir neça ön kişini qölga oldi. Ular Şimoliy Koreyaga harbiy materiallarni kontrbanda yöli bilan ötkazganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilyapti Kiodo agentligi.
Ma'lumotlarga köra, qölga olinganlar KXDR harbiy sanoat majmuasini boşqaruvçi Ikkinçi iqtisodiy qömita bilan faol hamkorlik qilişgan.
Tergovçilarning fikriça, gumondorlar KXDRga qurol-yaroğlar işlab çiqariş uçun zarur bölgan elektron qismlar, qimmatbaho metallar hamda boşqa materiallarni yaşirinça yetkazib berişgan.
Ta'kidlanişiça, uşbu qölga olişlar, BMT XK tomonidan KXDRga joriy etilgan sanksiyalarning amaldagi ijrosidir.
Rasmiy Pxenyan yadro sinovlari ötkazib, yangi ballistik raketalarini uçirgaç, xalqaro hamjamiyat unga nisbatan jazo çoralarini kuçaytirgan edi.







