Irlandiyada yildan-yilga çekiş mumkin bölgan joylar soni qisqarib bormoqda. Yil boşida esa respublikada çekuvçilar uçun yangi taqiq joriy etildi: endi ular mamlakatning yirik şaharlaridagi bolalar maydonçalarida çeka olişmaydigan böldi.
15 iyul kuni Jamoatçilik salomatligi Milliy instituti (Institute of Public Health - IPH) uşbu qaror yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijasini e'lon qildi. Unga köra, mamlakat böyiça joylaşgan 80 foiz şaharda uşbu qarorga allaqaçon amal qiliş boşlangan. Mahalliy politsiya vakillari uşbu qaror ijrosini tezkor ta'minlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda. Qoidabuzarlarga 80 yevrodan 100 yevrogaça jarima solinadi.
Hisobot muallifining ta'kidlaşiça, çekişga qarşi kuraşiş borasida Irlandiya Yevroittifoq böyiça yetakçilardan biri hisoblanadi. Çekişga qarşi qabul qilingan davlat dasturlari natijasida oxirgi ön yil içida mamlakatda çekuvçilar soni uç baravar qisqargan. Masalan, 2007 yil bu yerda sigaretlar qutisi bilan sotiş taqiqlangan bölsa, 2009 yilda esa Dublinda tamaki mahsulotlari reklamasi taqiqlangan edi.