Olimlar 60 yoşdan oşgan odamlar aniq detallarni qiyinçilik bilan eslab qolişlarini xamda xotirada qolgan narsalarga işonmasliklarini aniqladilar. Olimlar fikriça, keksa insonlar köpinça firibgarlar qurbonlariga aylanişlarining sababi ham şudir. Uşbu tadqiqot Neuropsychologia jurnalida çop etildi.
Jorjiya texnologik instituti olimlari ikki guruh odamlarga turli rangdagi xonalarning (misol uçun, mehmon kutiladigan xona) suratlarini körsatişdi. Bir guruhda 60 va undan katta yoşdagilar, ikkinçisida esa kollej talabalari bölgan. Olimlar iştirokçilarni e'tiborlarini bir detallarga qaratib, qolganlarini inkor qilişni söraşdi. Bir soatdan keyin iştirokçilarga ularga e'tiborni jamlaş söralgan obektlar haqida savollar berildi. Talabalar vazifani yaxşi uddalay oldilar, keksalar esa adaşib, qat'iy javob bera olişmagan.
Sinaluvçilar savollarga javob berayotganlarida olimlar elektroentsefalografiya yordamida ularning miyalari faolligini kuzata olişlari uçun miyalariga datçiklar ulab qöyildi. Olimlar keksalarga aniq detallarni eslaş uçun köproq vaqt va kuç talab qilinganini aniqlaşdi, çunki ular yaqinda bölib ötgan voqealarga fikran qaytib, bölib ötgan voqeaning barça detallarini, jumladan ulardan inkor qiliş söralgan detallarni jonlantirişga harakat qilişgan. Talabalar kerakli axborotni tezroq topa olişgan, çunki ularning miyasi ortiqça detallar bilan yuklanmagan bölgan.
Olimlarning aytişiça, keksalar şovqinli vaziyatda yuz bergan suhbatning detallarini eslaşga harakat qilişganda, ular xotiralarida köp ortiqça lahzalarni tiklantiradilar: qanday musiqa ijro etilgan, ularning atrofida kimlar turgan va ular nima haqida suhbatlaşişgan. Xotiralarning bunday betartibligi keksa insonlarning köpinça moliyaviy firiblarning qurbonlariga aylanişlarining sababi bölişi mumkin, misol uçun, jinoyatçilar umuman bölmagan suhbat haqida eslatganda.







