Facebook rahbari Mark Tsukerberg Facebook Live orqali qilgan translyatsiyasida reptiloid (kaltakesaksimon) emasligini ma'lum qildi. Bu haqda Gizmodo xabar bermoqda.
Translyatsiya vaqtida ötgan savol-javob vaqtida foydalanuvçilardan biri Tsukerberg va boşqa milliarderlar odamlarga öxşab ketuvçi ulkan kaltakesaklarni eslatib yuborişi ma'nosida savol bergan. Translyatsiya vaqtida guvoh bölganlarning sözlariga köra, bu savoldan söng Tsukerberg qattiq asabiylaşgan.
“Xöşş... Men, men “yöq”, deyişga majburman. Men kaltakesak emasman”, - deb javob qaytargan Tsukerberg.
U tomonidan taqdim etilgan translyatsiyani 6 mln ga yaqin kişi kuzatib borgan. U tört soat davomida önlab savollarga javob qaytargan va komik Jyerri Saynfeld bilan muloqot qilgan.







