Yoz kelişi bilan kunlar isib, katta şaharlar aholisi öz hayotini konditsionersiz tasavvur qila olmay qoldi. Biroq sayyoramizda butun yil böyi dim havo bölsa-da, aholisi öziga bunday zamonaviy uskunani sotib olişga qodir bölmagan şaharlar, hatto mamlakatlar bor. 

"Ekokuler" nomli loyiha işlab çiqaruvçilari xonani elektr energiyasisiz muzlatişni öylab topişdi. Bunday uskunani yasaş uçun oddiy plastik butilkalar va karton bölagi kerak böladi. Uşbu murakkab bölmagan qurilma Bangladeşning 25 mingdan ortiq elektrsiz uylarida örnatildi.

Bunday "konditsioner"ni yasaş oson va arzon: qalin karton bölagida butilka oğzidek keladigan teşikçalar kesib oliş kerak.

Söngra butilkaning yarmini kesib olib, böyinli qismini qoldiriş kerak, qopqoqning tepa qismini qayçi bilan kesib taşlaş lozim. 

Butilkalarni oğiz tomoni bilan karton doskadagi teşikçalarga joylaştirib çiqiladi. 

Qopqoqlarni boşqa tomondan mahkamlab, uni derazaga şunday joylaştiriş kerakki, butilkalarning böyin qismi xonaning içki tomoniga qaratilsin. 

Butilka diametri va böyin diametri örtasidagi farq qança köp bölsa, şunça yaxşi. Oğzingizni katta oçib, qöllaringiz kaftiga nafas çiqarib körsangiz, havo salqinlaşadi, şunday emasmi?

Bu yerda ham xuddi şu oddiy tamoyil iş beradi: issiq havo butilkaga kiradi, böyin qismidagi siqiliş tufayli u biroz soviydi va xona salqinlaşadi. Tafovut taxminan 5 darajani taşkil etadi, lekin issiq ölkalar uçun şu ozgina salqinlik ham seziladi. Körib turganingizdek, hammasi oddiy, foydali va arzon!