Yengil atletikaçi-paralimpiyaçi Oskar Pistoriusga jazo hukmi çiqarişi kerak bölgan sudda paralimpiyaçining advokati sönggi sözida öz mijozi haqida "yangliş fikrni" rad etiş maqsadida undan protez oyoqlarini yeçişni söradi.

Sportning yuguriş turida iştirok etuvçi paralimpiyaçi 2013 yilda sevgan qizi Riva Stinkampni öğri deb öylab, vanna eşigi ortidan otib öldirganlikda aybdor deb topilgan.

2014 yilda maşhur paralimpiyaçi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, biroq 1 yildan söng muddatdan oldin-şartli ravişda qamoqdan çiqqan. Şundan keyin prokuratura bunga norozilik bildirib, unga qöyilgan ayblovni qasddan qotillik moddasiga almaştirişni talab qilgan. Bu moddaga köra kamida 15 yillik qamoq jazosi közda tutilgan.

Prokuratura boşidan qotillikka xato emas, balki Pistorius va Stinkamp orasidagi kelişmovçilik sabab bölganini ta'kidlab kelgan.








