Janubiy Koreya harbiy dengiz kuçlarining 20ta kemasi aviatsiya kömagida 3 kunlik öquv maşğulotlarini boşladi. Maşğulotlar KXDR bilan tortişuvli dengiz çegaralari yaqinida bölib ötmoqda, deb xabar qilgan «Renxap» agentligi. Undan közlangan maqsad, şimolliklar tomonidan ehtimoliy fitnalarning oldini olişdir.
1953 yil bir tomonlama tartibda ötkazilgan şimoliy çegara çiziğini Pxenyan tan olmaydi. Şu bois bu hududda davriy ravişda turli hodisalar, ba'zan otişmalar ham yuz berib turadi.
May oyi oxirida Şimoliy Koreya harbiylari, agar janub kemalari mojaroli çegarani buzadigan bölsa, ularni öqqa tutişini bildirgan edi.
Öşanda KXDR armiyasi boş ştabi bayonotidan söng, şimoliy koreyaliklarning baliqçi kema va patrul qayiği çegarani buzgan, bunga javoban janubiy koreys harbiylari beş marotaba ogohlantiruvçi öq uzgan edi.







