AQŞ Harbiy havo kuçlari Suriyada parvozlardan xoli hudud yaratişga tayyor. Lekin buning uçun tartiblarni buzgan barça samolyotlarni, xususan Rossiya HKK samolyotlarini urib tuşiriş uçun ruxsatga ega bölinişi zarur. Bu haqda amerikalik general Devid Goldfin ma'lum qilgan.
"IŞIDda samolyot yöq ekan, bu biz rossiyaliklarning va suriyaliklarning samolyotlarini urib tuşiriş uçun ruxsat olişimiz kerak", degan u 16 iyun kuni AQŞ senatida qurolli kuçlar böyiça qömita yiğilişi vaqtida. Yiğiliş generalning AQŞ Harbiy havo kuçlari boşliği lavozimiga tasdiqlanişi munosabati bilan ötkazilgan (Hozirgaça u rahbar örinbosari sifatida faoliyat körsatmoqda edi).
Generalning sözlariga köra, parvozdan xoli zona yaratilişi uçun yana 2 şart bajarilişi lozim. Birinçisi, HHK quruqlikdagi kuçlarning maqsadi haqida aniq tuşunçaga ega bölişi kerak. Ikkinçisi, qaysi hududlarda mahalliy kuçlar nazorat örnatgani haqida aniq axborotga ega bölinişi kerak.







