Futbol böyiça Yevropa çempionatiga (Yevro-2016) Özbekistondagi keng audiyatoriyaning katta qiziqişini inobatga olgan holda UzReport TV telekanali mazkur musobaqani eksklyuziv translyatsiya qiliş huquqini qölga kiritdi va hozirda Yevro-2016 bahslari töğridan-töğri namoyiş qilinmoqda.
Köplab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, UzReport TV telekanali Yevro-2016 öyinlarini 17 iyundan boşlab Özbekistondagi hududiy telekanallarda retranslyatsiya qiliş böyiça ÖEOAVMA bilan özaro hamkorlikni yölga qöydi.
Şu tariqa Yevro-2016 öyinlarini endi quyidagi hududiy telekanallar orqali tomoşa qiliş mumkin böladi: «Muloqot TV» (Qöqon), «Ruxsor TV», «Marğilon TV» (Marğilon), «Jizzax TV» (Jizzax), STV (Samarqand), «Istiqlol TV» (Buxoro), «Nasaf TV» (Qarşi), «Işonç TV» (Termiz), «Ellikqal'a TV» (Qoraqalpoğiston).
Bu holat viloyatlardagi muxlislar uçun Yevro-2016 bahslarini nafaqat sun'iy yöldoş orqali yoki IPTV xizmatidan foydalangan holda, balki mahalliy telekanallar orqali ham tomoşa qiliş imkoniyatini taqdim qiladi.
Özaro kelişuvga köra hududiy telekanallar har kuni soat 23:45da boşlanadigan öyinlarni töğridan-töğri retranslyatsiya qiladi. Soat 20:45da boşlanadigan uçraşuvlar esa tungi soat 01:45da yozib olingan holda namoyiş qilinadi.
UzReport TV telekanali Yevro-2016 turniridan 58ta öyinni translyatsiya qiliş huquqini sotib olgan. Bunda 45 ta öyin töğridan-töğri translyatsiyada, guruh öyinlarining bir vaqtning özida bölib ötadigan 6ta uçraşuvi yozib olingan holda, guruh bosqiçidan keyingi 7ta öyini (çorak finallar, yarim finallar va final) qöşimça takrorlari bilan körsatiladi.
Ayni paytda telekanalni Özbekiston kabel televideniyesi (ÖKT), “UzDigital TV”, “Stars TV”, “IPTV”, “Vodiy Sadosi Yoşlar teleradiokompaniyasi” (YoTRK) abonentlari hamda www.mediabay.tv internet-resursi foydalanuvçilari körişlari mumkin.
2015 yilning 1 dekabridan boşlab telekanal sun'iy yöldoş orqali namoyiş qilina boşlandi va uni sun'iy yöldoş antennalari egalari ham Özbekiston hududida, ham Yevroosiyoning boşqa mamlakatlari hududida körişlari mumkin.
UzReport TV telekanali signalini qabul qiliş uçun texnik körsatkiçlar
Sun'iy yöldoş — «Yamal 401», Ku diapazonining 90 daraja şimoliy nuri;
Qabul çastotasi — 11,505705 GGts;
Simvol tezligi — SR = 2280 ksps;
Modulyatsiya — DVB-S QPSK 1/2;
Qabul polyarizatsiyasi — vertikal;
Ajrata oliş ölçami — standart (720 x 576i);
Kompressiya — MPEG-4;
Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 santimetrdan ortiq.







