Avvalroq XXRning Fransiyadagi elçisi, şuningdek, Mao Tszedunning tarjimoni bölib işlagan U Tszyanmin 18 iyul kuni avtohalokat natijasida halok böldi. Bu haqda Xitoy xalqaro radiosi (CRI) xabar bergan.

U Tszyanminning yoşi 77 da edi. Avtohalokat Xubey provinsiyasining Uxan şahrida sodir bölgan. Voqea tafsilotlari haqida töxtalinmagan.

“Sinxua” agentligi ma'lumotlariga köra, U Tszyanmin 1959 yilda XXR TIVga qabul qilingan. U XXRning BMT va Niderlandiyadagi elçisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Fransiyadagi elçiligi vaqtida Buyuk yetakçi ordeni bilan taqdirlangan.