Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi qarori bilan şaxsiy foydalaniş maqsadida dori-darmonlar va tibbiy anjomlarni olib kiriş va olib çiqiş tartibi tasdiqlandi. 

Uşbu nizomga muvofiq, Respublikaga kirib kelayotgan jismoniy şaxs özi bilan birga, doimiy istiqomat qiladigan mamlakati yoki kirib kelayotgan mamlakati tibbiyot muassasasining hujjati bölsa, davolaniş maqsadida 7 kunga yetadigan giyohvand dorilarni olib kirişiga ruxsat beriladi. 

Şuningdek, jismoniy şaxslar tibbiyot ma'lumotnomasi bölmagan taqdirda ham 5 tagaça turli nomdagi psixotrop dorilarni davolaniş kursi doirasida olib kirişi mumkin böladi. Ammo dorilarning har biri 2 töplamdan oşmasligi şart. 

Şu bilan birga, jismoniy şaxslar bojxona çegarasidan ötayotgan vaqtda, özlarida giyohvand hamda psixotrop moddalar borligini röyxatdan ötkazişi lozim böladi. Bunda, yuqorida qayd etilganidek, giyohvand moddaga ilova tariqasida, tibbiy ma'lumotnoma, dori nomi, uning şakli va davolaş kursiga ketadigan miqdorini körsatişi kerak böladi. 

Şaxsiy foydalaniş uçun 10tagaça turli dori vositalari va tibbiyot anjomlarini olib kiriş yoki olib çiqişda heç qanday tibbiy ma'lumotnoma talab etilmaydi, ammo ularning har biri 5 töplamdan köp bölmasligi şart. 

Tibbiyot anjomlari ham 5 donadan ortiq bölmasligi lozim.