Rossiya Ozarbayjonga T-90S tanklarini yetkazib beriş böyiça majburiyatlarini bajardi, deb xabar bermoqda "Kavkazskiy uzel" naşri.
"Töliq bajardik, yetkazib berişlar yakunlandi", deb ma'lum qildi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida "Uralvagonzavod" boş direktori Oleg Siyenko.
Qurol-aslaha va texnikani yetkazib beriş böyiça 2010 yilda tuzilgan şartnomalar paketining qiymati oşkor qilinmagan, biroq mutaxassislar uni 1 mlrd dollarga baholaşgandi. "Rosoboroneksport"da şartnomalar paketini 2017 yilda yopiş rejalaştirilayotgani ma'lum qilingandi.
Ta'kidlanişiça, Rossiya qurol-aslahasini Ozarbayjonga yetkazib beriş masalasi Armaniston siyosatçilari tomonidan Qoraboğ ixtilofi keskinlaşgandan keyin kötarilgandi. 2016 yil bahorda Rossiya boş vazir örinbosari Dmitriy Rogozin Moskva Bokuga ham, Yerevanga ham qurol yetkazib berişni davom ettirişini aytgan.
Iyun örtasida mudofaa vaziri Sergey Şoygu Armaniston bilan strategik hamkorlik haqida ma'lum qilgan. 20 iyunga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Armaniston va Ozarbayjon prezidentlari bilan uç tomonlama muzokaralari belgilangan.







