AQŞlik milliarder, özining AQŞ prezidenti lavozimiga nomzodi qöyilişini kafolatlagan Donald Tramp öz partiyasi bilan moliyaviy munosabatlarni uzib, öz saylovoldi kampaniyasini özi mustaqil moliyalaşga tayyorligini bildirdi. U bu haqda 18 iyunda Las-Vegasdagi nutqida ma'lum qildi.

Tadbirkor agar partiyadoşlari uni ommaviy tanqid qilişsa yoki hiyla-nayranglar yöli bilan prezidentlik saylovlarida iştirok etişdan mahrum qilişga urinişsa, bunday qat'iy çoralarga borişini aytdi. "Agar yirik mağlubiyatga uçragan bir juft yigitlar delegatlar orasida ğalayon kötarişni taşkillaştirişga urinayotgan bölsa, bunday qilişimga töğri keladi", deb aytdi Tramp. 

Milliarder Respublikaçilar partiyasi uçun mablağlar yiğiş böyiça tadbirlarda iştirok etişni töxtatişga va partiya tomonidan saylovoldi kampaniyasining moliyaviy qöllab-quvvatlanişidan voz keçişga tayyorligini bildirdi. "Hozirda men Respublikaçilar partiyasi uçun mömaygina pul yiğmoqdaman, xayriya beruvçilar juda köp, menga buni qiliş yoqadi. Axir biz özaro boğliq vaziyatdamiz, agar respublikaçilar yordam berişni istaşmasa, unda men öz kampaniyamni özim moliyalaştiraman", deb qöşimça qildi milliarder.

Tadbirkor respublikaçilarda saylovlarda iştirok etiş uçun undan boşqa munosib nomzod yöqligi sababli iş bungaça bormasligiga umid bildirdi. "Xöş, kimni saylamoqçisiz? Men hammani yutdim, şunçaki yutmadim, balki tilka-pora qilib taşladim", deb qöşimça qildi Tramp.