Ukrainaning Izmail şahri şifoxonalariga 300 dan köproq odam zaharlaniş alomatlari bilan murojaat qildi. Bu haqda Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvili Facebook’dagi sahifasida ma'lum qildi. 

"Ommaviy zaharlaniş jalali yomğirlar oqibatida içimlik suvining ifloslanişi natijasida yuz bergan bölsa kerak. Şubhasiz, tabiiy ofat istalgan davlatda bunga öxşaş vaziyatga sabab bölişi mumkin, biroq Ukraina janubi infratuzilmasi eskirib ketganini unutmaslik lozim", deb yozdi Saakaşvili.

Saakaşvili uşbu vaziyatni Ukraina boş vaziri Vladimir Groysman va Soğliqni saqlaş vaziri majburiyatini bajaruvçi Viktor Şafranskiy bilan muhokama qilganini qöşimça qildi. 

18 iyunda Izmail şahrida içak infeksiyasi avj olişi bilan boğliq holda favqulodda vaziyat kiritilgani ma'lum qilingandi. Öşa vaqtda zaharlaniş alomatlari bilan 201 kişi, jumladan 19 bola şifoxonalarga murojaat qilgan. Ularning ahvoli örta darajadagi oğirlikda baholangandi.

Şahar rahbariyati umumiy ovqatlaniş joylari va bozorlarni yopişga buyruq bergan. Şuningdek, odamlarning oqmas suv havzalariga yaqinlaşişi taqiqlangan.