Ötgan dam oliş kunida yoqutistonlik şifokorlar çeksiz Taygada tuğruq jarayonini amalga oşirişga majbur bölişdi. Qutqaruvçilar va politsiya xodimlari esa bölajak ona hamda şifokorlarni ayiqdan himoya qilib turişdi. Bu haqda respublika soğliqni saqlaş vazirligi xabar bermoqda.
Manbaning xabar berişiça, 40 haftalik homilador ayol eri va qarindoşlariga baliq tutişga yordamlaşiş uçun ularga qöşiladi. Baliqçilar Taygada joylaşgan köl tomon yöl olişadi. Şanba kuni uni tölğoq tutadi. Turmuş örtoği va singlisi ayolni maşinaga joylaştirib, şifoxona tomon yölga tuşişadi. Ammo yarim yölda maşina botqoqqa botib, buzilib qoladi. Ayol singlisi bilan örmonda qoladi, er esa mobil operator antennasini qidirib yölga tuşadi.
“Mahalliy vaqt bilan soat 23:28da tez yordam markaziga Tayga içida bir ayolning közi yoriyotgani haqidagi ma'lumot kelib tuşdi. Tez yordam, FVV va politsiya maşinalaridan iborat karvon yordamga şoşdi”, - deyiladi manba bergan xabarda.
Ma'lumotlarga köra, tuğruq jarayoni qiyin keçgan. FVV qutqaruvçilari va politsiya ayiqlar mavsumi bölgani uçun bölajak onani qöllariga qurol olib, qöriqlab turişgan.
Şifokorlarning aytiöiça, ayni damda ona va bolaning salomatligi qoniqarli. Bola 3,49 kg oğirlikda, 52 sm böy bilan tuğilgan.






