18 iyun kuni Kareliyada baxtsiz hodisa röy berdi. «Park-otel «Syamozero» oromgohida dam olayotgan 47 nafar boladan iborat guruh 4 nafar instruktor bilan birga uçta qayiqda kölga sayrga otlanişgan. Töfon kötarilişi natijasida qayiq ağdarilib, sönggi ma'lumotlarga köra, 13 nafar bola halok bölgan. Yana ikki nafar bola bedarak yöqolgan. Tirik qolgan bolalar qirğoqda tong ottirişgan, ular sovuqdan halok bölişiga bir baxya qolgan.

Barça qutqarilganlar Petrozavodsk şahriga yetkazilgan. FV natijasida jarohatlangan va kuçli stress holatiga tuşgan bolalarning 12 nafari şifoxonaga yotqizilgan.

Bu yerdagi bolalarning yoşi 12-15 yoş atrofida bölib, ular mazkur soğlomlaştiriş oromgohiga Moskva va Peterburg şaharlaridan dam olişga kelişgandi. 

Huquqni muhofaza qiliş organlari manbalari yöqolgan bolalarni tirik topiş imkoni juda pastligini ma'lum qilişdi. 

«Bolalarning hammasi instruktorlar kabi maxsus qutqaruv kiyimida bölgan. Biroq kölning suvi deyarli muzdek, unda bir soatdan ortiq böliş, qoidaga köra, ölim holatiga olib keladi. Bolalarni qutqarişning imkoni bor, albatta, ammo imkon darajasi juda past», - deya xabar beradi TASS manbasi.

Bolalar bilan birga bir instruktorlardan biri ham halok bölganligi aytildi, lekin keyinçalik bu xabar inkor etildi.

Oromgoh xodimlarni söroq qiliş natijasida tergovçilar instruktorlar va yetakçilarining bolalarni qutqariş uçun zarur çoralarni körmaganligi aniqlandi. 

Qayd etiş kerakki, şanba kuni röy bergan favqulodda hodisa haqida yakşanba kuni ertalab ma'lum bölgan. Şunda ham bu haqida qirğoqqaça suzib kelişga muvaffaq bölgan va tuni böyi huşsiz yotgan 12 yoşli moskvalik qiz xabar bergan. Öziga kelgaç, u eng yaqin oradagi qişloqqa yordam sörab kelgan. Yölda kelayotganida qirğoqda behuş yotgan bolaga közi tuşgan, biroq bolaning ahvoli oğir bölganligi bois u mustaqil ravişda harakatlana olmasdi. 

Qişloq ahli bundan xabar topib, qutqaruvçilarni çaqirişgan. Ular kelib yordam körsatgunga qadar, qirğoqdagi bolalar 12 soatdan beri yordam kutib yotgan bölişgan. Ularning ba'zilarini mahalliy aholi behuş holda topib, qutqarib qolişgan. Jumladan, 11 nafar bola Kudamadagi  (Syamozer qirğoğidagi qişloq) itlarga yordam körsatuvçi xodimlar tomonidan qutqarib qolingan. 

«Bolalar muzlab qolişgandi, ularni zörğa öziga keltirdik», - deydi itlar hujrasi egasi Natalya Stolyarova. 

Mazkur hodisa jamiyatda kuçli muhokamalarga sabab böldi. Tergov qömitasi jinoiy iş oçib, Kareliyaga bir guruh tergovçilarni jönatdi. FVV baxtsiz hodisa röy bergan joyga vertolyotlar, katerlar va uçuvçisiz qurilmalarni yetkazişdi. Şuningdek jabr körgan bolalar bilan işlaş uçun bir guruh ruhşunoslar ham u yerga yöl olişdi. 

Oromgohning sayohatga otlangan ikki yetakçisi qölga olinib, tergov yuzasidan söroq qilinmoqda.

Olingan ma'lumotlarga köra, mazkur oromgoh ota-onalarning şikoyati tufayli avval ham hukumat nazariga tuşgan. Oromgoh Moskva meriyasida köp millionli tenderlarni muntazam ravişda qölga kiritib kelgan. 

«Park-otel Syamozero» oromgohi iste'molçilar huquqini himoya qiliş böyiça Federal nazorat xizmati xodimlari tomonidan bir neça marotaba tanqid ostiga olingan. Sönggi uç yil içida «Park-otel «Syamozero» ustidan jami 21ta da'vo arizasi kelib tuşgan. 

OAV oromgoh direktori Yelena Vasilevna Reşetova va uning yordamçilari bilan boğlana olişmagan. U «Park-otel «Syamozero»dan taşqari yana «Sanatorno-ozdorovitelnyy sentr «Syamozero» va «KareliyaOpen» kompaniyalarining ham ta'sisçi va rahbari bölgan. «KareliyaOpen» saytida bolalar sanatoriy-soğlomlaştiriş oromgohi reklama qilingan. Yöllanma narxi - 34 ming rubl.