AQŞning Oklendidagi Oracle Arena arenasida Milliy basketbol uyuşmasining 2015/16 yillardagi mavsumi final seriyasining hal qiluvçi 7-uçraşuvida "Golden Steyt Uorriorz" jamoasi "Klivlend Kavalers" jamoasini kutib oldi. Hal qiluvçi öyinga xos bölganidek, jamoalar köp vaqtni himoyaga ajratişdi. 1-bölimda maydon egalari Dreymond Grinning ajoyib öyini evaziga 7 oçko farq bilan oldinga çiqib olişdi. Grin bu bölimda jamoaning 49 oçkosidan 22 oçkosini öz hisobiga yozib qöydi.
Jamoalar tanaffusdan keyin maydonga qaytgaç, "Klivlend" Jyey Ar Smitning faol öyini evaziga öyinga qayta oldi.
Murosasiz keçgan öyinning oxirgi daqiqalari asabiy ravişda ötdi: jamoalar 3 daqiqa davomida bir-birlarining savatlarini nişonga olişa olmadi. Bu sukunatni final sirenasi çalişiga 53 soniya qolganda va oçkolar 89:89 bölganda "Klivlend" öyinçisi Kayri Irving buzdi: u savatga 3 oçkolik töpni bexato yölladi. Şundan keyin "Uorriorz" fol işlatişga majbur böldi. Şunday follardan biri uçun belgilangan jarima töplarini bajargan Lebron Jyeymsning savatçaga tuşirgan bir töpi ğalaba uçun yetarli böldi.
Şu tariqa "kavalerlar" MBAning 41 yillik tarixida birinçi marta çempion bölişdi.
"Klivlend" safida öynovçi rossiyalik Timofey Mozgov va Aleksandr Kaun hal qiluvçi uçraşuvda maydonga tuşmagan bölsalar-da, MBA çempioni bölgan birinçi rossiyaliklar böldilar.
"Kavalers" hujumçisi Lebron Jyeyms final seriyasining eng qimmatli öyinçisi deb topildi. Bu çempionlik basketbolçining faoliyatidagi uçinçisi böldi, u avval "Mayami Xit" jamoasi bilan ikki marta çempion bölişga muvaffaq bölgan.
MBA finali. 7-uçraşuv
Golden Steyt Uorriorz – Klivlend Kavalers – 89:93 (22:23, 27:19, 27:33, 13:18)







