Braziliyalik MMA jangçisi Fabio Maldonadoning menejyeri Stefano Sartori, rossiyalik Fyodor Yemelyanenko bilan ötkazilgan jang ustidan apellyatsiya bilan Rossiya MMA ittifoqiga murojaat qilmoqçi, deb xabar qilgan MMA Fighting portali. 

"Biz Fabioning kuraşidan mamnunmiz, u barçasini töğri bajardi, - degan Sartori. - Men hakamlar ğalabamizni tortib oldi, deb öylayman. Heç bölmaganda durang bölişi kerak edi. Şu bois, Rossiya MMA ittifoqiga arz qilamiz".

Yemelyanenko va Maldonado örtasidagi jang, 17 iyun kuni Sankt-Peterburgda, PXIF-2016 doirasida bölib ötgan edi. Unda, rossiyalik MMA jangçisi oçkolar hisobida raqibini mağlub etgandi.