2016 yilning 22-23 iyun kunlari Toşkent şahrida Özbekiston raisligida Şanxay hamkorlik taşkiloti Banklararo birlaşmasi Kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötadi.
Majlisda Qirğiziston, Qozoğiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va Özbekistonning yetakçi bank tuzilmalari rahbarlari hamda kuzatuvçi davlatlarning qator banklari iştirokida ŞHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan muhokama bölib ötadi.
Ma'lumot uçun, ayni vaqtda ŞHT BUga Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Qozoğiston taraqqiyot banki, Qirğiziston davlat rivojlaniş banki, Qirğiziston "RSK Bank", Qirğiziston Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Tojikiston "Amonatbonk" kabi banklar a'zo hisoblanadi. Belarusning "Belarusbank" va Pokistonning Habib Bank Limited banklari birlaşma hamkorlaridir.







