«Özeltexsanoat» AK 2030 yilgaça 1 mlrd dollar atrofidagi investitsiya özlaştirişni rejalaştirgan.

«Özeltexsanoat» AK ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda 2030 yilgaça rivojlaniş dasturi işlab çiqilmoqda.

Bu dastur doirasida keyingi 14 yil içida 1 mlrd dollar miqdoridagi investitsiya mablağlarini özlaştiriş közda tutilgan. Bu mablağlar 22 turdagi yangi mahsulotlar işlab çiqariş va korxonaning işlab çiqariş hajmini 5,1 barobar oşiriş imkonini beradi.

«Özeltexsanoat» AK tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida qayd etilişiça, mahalliy mahsulotlar işlab çiqarilişi yölga qöyilişi orqali import hamjini kamaytiriş imkoni paydo böladi.

Keyingi 5 yil davomida avvallari import orqali Özbekistonga olib kirilgan 25 turdan ortiq maişiy texnika buyumlari mahalliy tarzda işlab çiqarila boşlandi. Natijada, içki bozorning 40-45 foizi mahalliy mahsulotlar bilan ta'minlanadigan böldi.

Kompaniya ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda içki iste'mol bozori ehtiyojlarini mahalliy mahsulotlar bilan qondiriş böyiça çora-tabdirlar körilmoqda. Xususan, 2016 yilda kompaniya içki maişiy texnika bozorini: konditsionerlar -37,2 foizgaça (işlab çiqarişning ösişi 8,6 foizni taşkil etdi), gaz va elektroplitalar -56 foizgaça (+6,7%), televizorlar — 60,1 foiz (+6,5%), muzlatkiçlar — 32,5 foizgaça (+4,6%), kir yuviş maşinalari — 65 foizgaça (+3,1%) töyintirişni möljallagan.