Eron Taşqi işlar vazirligi Bahrayn hukumatining şialar diniy rahnamosi oyatulloh Iso Ahmad Qosimga nisbatan amalga oşirgan harakatlari uçun qoralab çiqdi.

"Bu xalqqa qarşi harakatlar Bahrayndagi siyosiy vaziyatni xalqaro dialoglar vositasida töğrilaş uçun umidlarni çippakka çiqardi. Bahrayn hukumati xalq bilan örtadagi köpriklarni buzib taşladi. Ular tuşunişi kerakki, millatlararo muloqotgina Bahrayndagi inqirozga çek qöyişi mumkin", deyiladi Eron TIV bayonotida.

Bundan oldinroq, Bahrayn hukumati mamlakatdagi eng taniqli şialar yetakçisi, "Al-Vifoq" nomli diniy harakat rahnamosi şayx Iso Ahmad Qosimni fuqarolikdan mahrum etgani ma'lum bölgandi.

Bahrayn aholisining katta qismi şia mazhabida, qirollik xonadoni esa sunniylardir. Eron aholisining 90 foizdan ortiği şialar, jumladan hukumat vakillari ham.