Şveytsariya terma jamoasi futbolçilari 20 iyun kuniga ötar keçasi Fransiyaga qarşi uçraşuvda brak matolardan tayyorlangan futbolkalar kiygan holda iştirok etişgan va bu 4 nafar futbolçining libosi öyin davomida yirtilib ketişiga olib kelgan. Bu haqda Puma vakiliga asoslanib, Tribuna ma'lum qilgan.
Şveytsariya va Fransiya terma jamoalari örtasida ötkazilgan, 0:0 hisobida yakunlangan öyin davomida Admir Mehmedi, Breel Embolo, Blerim Jyemaili hamda Granit Çakaning (2 marta) futbolkalari raqib bilan töp uçun kuraşlar çoğida yirtilib ketdi va ular zaxirada turgan yangi liboslarni kiyib öyinni davom ettirişga majbur bölişdi.
"Biz şveysariyaliklar yakşanba kuni kiygan formalarni darhol ekspertizadan ötkazdik. Tahlillar şuni körsatdiki, bu futbolkalar brak materiallardan tayyorlangandi. Materiallarning yaroqsiz holatga kelib qolişi işlab çiqariş texnologiyasida harorat, bosim yoki vaqt tufayli yuz bergan buziliş ortidan kelib çiqqan bölişi mumkin", degan Puma vakili.
"Biz turnirda Puma tayyorlagan liboslarda iştirok etayotgan barça terma jamoalarning (Şveytsariya, Italiya, Çexiya, Slovakiya, Avstriya) formalarini tekşiruvdan ötkazamiz va bunday holat boşqa takrorlanmasligini kafolatlaymiz", deya qöşimça qilgan u.
Kompaniyadagilarning bildirişiça, Yevropa çempionati uçun liboslar Turkiyadagi korxonalardan birida tayyorlangan.
Puma keltirilgan noqulaylik uçun Şveytsariya futbol ittifoqidan uzr söragan.







