Apple kompaniyasi, uning Hachette, Harpercollins, Macmillan, Penguin va Simon&Schuster kompaniyalari bilan elektron kitoblari borasida kelişib olganidan jabrlanganlarga jarima tölaşni boşladi.
iXBT.com resursining yodga olişiça, Amerika giganti 2012 yili yuqorida qayd etilgan kompaniyalar bilan mahsulotlar narxini 30-50 foizga qimmatlaştiriş maqsadida xufyona til biriktirganlikda ayblangan edi.
Apple boşqa barça kompaniyalar mojaroni tinç yöl bilan hal etiş yölini tanlaşgan bölsa, mahkama jarayonini tanlagan Apple mağlub bölgaç, öz "gumaştalari"ning yölidan borişga qaror qildi.
Endilikda, kompaniya tovon puli tölaşni boşladi. Uning umumiy miqdori 400 mln dollarni taşkil etadi.
Apple kompaniyasi, 2010 yil 1 aprelidan 2012 yil 21 mayigaça xarid qilingan elektron kitob uçun xaridor hisobiga 6,93 dollardan ötkazib beradi. Buning uçun, kitob New York Times naşri tomonidan bestseller deb tan olingan bölişi kerak. Aks holda, kitobşinavandalari öz xaridlari uçun 1,57 dollardan tovon puliga ega bölişadi.
Qayd etiş kerak, tovon tölaş jarayoni, nafaqat Apple dökonlari, balki «Amazon», «Kobo» va «Barnes & Noble» kabi dökonlarda xarid qilingan mahsulotlar uçun ham joriy etiladi.







