«Barselona» Neymarni tarkibda saqlab qoliş maqsadida u bilan şartnomani uzaytiriş uçun yakuniy taklifini bildirdi.
Sport.es ma'lumotiga köra, kataloniyaliklar jamoasi rahbariyati 24 yoşli braziliyalikka yiliga 15 million yevrodan ortiq maoş tölay olmasligini bildirgan.
«Barselona»dagilarning hisoblaşiça, Neymar jamoada Lionel Messidan keyingi örinda turuvçi futbolçi hisoblanadi va Messi jamoadagi eng köp miqdordagi maoş oluvçi futbolçi böladi.
Ayni vaqtda Neymarning belgilab qöyilgan transfer narxi 192 million yevroni taşkil qiladi. Uning «Barselona» bilan amaldagi şartnomasida yillik maoşi miqdori 9 million yevroni taşkil etadi.
Bundan oldinroq uşbu futbolçini Yevropaning bira töla 3 jamoasi 192 million yevroga sotib olişga tayyorligi ma'lum bölgandi.
«Real» uşbu hujumçiga yiliga 15 million yevrodan tölaşni nazarda tutuvçi 6 yillik şartnoma taklif etmoqda. «PSJ»da Neymarning yillik maoşi miqdori 18,5 million yevro bölişi va bonuslar hisobiga bu miqdor 28 million yevroga yetişi mumkin. «MYu» esa 17 million yevrolik taklif bildirgan.
Futbolçining otasi Neymar da Silva hamda uning agenti Vagner Ribeyro Neymarga «Barselona»ni tark etişni va bildirilayotgan takliflardan biriga rozilik bildirişni tavsiya etişmoqda.
Futbolçining «Barselona» bilan amaldagi şartnomasi muddati 2018 yilning yozigaça.
Manba: Tribuna.uz







