Qirğizistonning Jalolobod viloyati hududida çaqmoq tufayli yana 55ta qöy nobud böldi.
Suzoq tumani hududida 20 iyun kuniga ötar keçasi, soat tungi 03:00da Almaluu-Buloq qişloğida yaşovçi Mederbek Kaamitov Kurobasdagi yaylovdan 55ta qöy jasadini topgan.
Çöpon faqat 20ta qöyni söyib, halollaşga ulgurgan.
Bundan oldinroq, 16 iyun kuni Jalolobod viloyatining Aksiysk tumani hududida 145ta qöy çaqmoq zarbasidan nobud bölgani haqida xabarlar berilgandi.







