Namanganda badiiy gimnastika böyiça “Olimpiya umidlari” respublika oçiq turniri bölib ötdi. Bu haqda “ÖzA” xabar bermoqda.

Özbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bağişlab taşkil etilgan musobaqada viloyatlar va Toşkent şahridan 160 ga yaqin yoş sportçi özaro bahslaşdi. 

Yoş sportçilar bulava, arğamçi, halqa, töp, tasma kabi buyumlarda bajariladigan nozik maşqlarni musiqa sadolari uyğunligida namoyiş qildi.

Turnirning sport ustaligiga nomzod qizlar örtasidagi guruh bahslarida Buxoro viloyatining “Nafis” jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi. Samarqand va Namangan viloyati terma jamoalari tegişliça ikkinçi va uçinçi örinlarni egalladi.

Eng kiçik iştirokçilar örtasidagi jamoaviy maşqlarda Toşkent şahri vakillari ğoliblik şohsupasining yuqori poğonasini band etdi.  Qaşqadaryolik kiçkintoylar ikkinçi, namanganlik sportçilar uçinçi öringa sazovor böldi.

2003-2007 yillarda tuğilgan sportçilarning şaxsiy bellaşuvlarida Toşkent viloyatidan Kristina Pak, Natali Muratova, Qaşqadaryo viloyatidan Sevinç Bozorova, Sirdaryo viloyatidan Jasmina Yorbekova, Andijon viloyatidan Oygul Maşrabboyeva öz yoş toifasida ğolib böldi. 

Umumjamoa hisobida Buxoro viloyati qizlari birinçi örinni qölga kiritdi. Toşkent şahri badiiy gimnastikaçilari ikkinçi va Namangan viloyati terma jamoasi uçinçi örinni egalladi.

Ğolib va sovrindorlarga kubok, diplom, medal va esdalik sovğalari topşirildi.