Ukraina prezidenti Petro Poroşekno Fransiyada bölib ötayotgan Yevropa çempionati davomida tartibsizliklarni keltirib çiqarayotgan rossiyalik muxlislar maxsus jangovar tayyorgarlikdan ötgan kişilar ekanini ta'kidladi.
"Rossiyalik muxlislar maxsus jangovar tayyorgarlikdan ötgan. Bu jangçilar - qotillar. Bezorilikning futbolga heç qanday aloqasi yöq. Ularni jazolaş kerak",- deydi Ukraina prezdenti iTele kanaliga bergan intervyusida.






