Janubiy Koreya yangi avlod KF-X reaktiv qiruvçi samolyotini işlab çiqariş loyihasi doirasida aerodinamik sinovlarga start berdi, deb xabar qilmoqda Ryonxap agentligi.
Xabarlarga köra, Koreya aerokosmik sanoati (KAI) va Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) hamkorlikda samolyot fyuzelyaji modelining aerodinamik quvurdagi sinovining ilk bosqiçini boşlagani haqida e'lon qilgan. Loyiha qiymati 15,3 milliard dollarni taşkil etadi.
Janubiy Koreya 2020 yillar örtalaridan boşlab, 120 dona qiruvçi samolyotni mamlakat armiyasiga yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Yangi qiruvçilar F-4 va F-5 kabi eskirgan modellarni almaştirişi kerak. Samolyot modeli aerodinamik quvurda 13 ming soatlik sinovlardan söng, 2 yil mobaynida barpo etiladi.
Şu yilning may oyida Janubiy Koreya mamlakatning birinçi qiruvçi samolyoti KF-X dvigatellarini işlab çiqariş uçun Amerikaning General Electric kompaniyasini tanlagan edi. Uning uçun radar işlab çiqariş masalasi mahalliy Hanwha Thales kompaniyasi bilan muhokama etilmoqda.







