Bahrayn hukumati 2014 yildan beri 250 ga yaqin kişini fuqaroligidan mahrum etgan. Ular podşohlikning milliy manfaatlariga xiyonat qilganlikda ayblangan, deb xabar qilmoqda genotsidlarning oldini oliş masalalari böyiça BMT maxsus maslahatçisi Adama Ding bayonot bergan.

U yozma şaklda e'lon qilgan bayonotida 20 iyun kuni obröli şia diniy rahnamosi Iso Ahmad Qosimning fuqarolikdan mahrum etilişi "yaqin kunlarda Bahraynda keskinlikning kuçayişiga olib kelişi mumkin", degan fikrni bildirgan. 

Adama Ding podşohlik hukumatini tinç yiğilişlar ötkaziş huquqini hurmat qilişga, norozilik namoyişi iştirokçilarini esa, har qanday körinişdagi zöravonlikka yöl qöymaslikka çaqirgan. 

Uning fikriça, Bahrayndagi turli diniy guruhlar, ayniqsa, şia jamoalarini ta'qib qiliş, mahalliy şia guruhlarining noroziligini yöqotiş örniga, kuçaytirişga xizmat qiladi.