Giyohvand moddalarni iste'mol qiliş bilan boğliq xastaliklarga uçraganlar soni dunyo böyiça 29 mln kişidan ortib ketgan. BMT giyohvandlik va jinoyatçilik boşqarmasi e'lon qilgan yillik hisobotda qayd etilişiça, "sönggi 6 yilda ilk marotaba bu borada nomutanosib ösiş kuzatilmoqda".
Hujjatda ta'kidlanişiça, sayyora katta yoşli aholisining 5 foizi, bu 2014 yilgi raqam böyiça 250 mln kişi demakdir, taqiqlangan moddalarni bir kunda kamida bir marta iste'mol qiladi.
"Bundan taşqari, 12 mln kişi giyohvand moddalarni tomiridan qabul qiladi. Ularning 14 foizi OIVga ega", - deyişgan ekspertlar.
Geroin giyohvandligi Şimoliy Amerika, Ğarbiy va Markaziy Yevropada tobora avj olmoqda.
Kannabis moddasi eng taqiqlangan, ammo keng tarqalgan giyohvand moddasi bölib qolmoqda. Uni 2014 yilda 250 mln kişidan 183 millioni kamida bir marta tatib körgan.
Şu bilan birga, BMT boşqarmasi, asosan Ğarb mamlakatlarida marixuanadan foydalaniş hollari tobora ortib borayotganidan xavotir bildirgan.







