Indoneziyaning kamida 7 nafar dengizçisi Filippin qirğoqlarida noma'lum kimsalar tomonidan asirlikka olindi. Bu haqida jurnalistlarga Samarinda porti rahbari polkovnik Yuus Kusmani xabar berdi. 

Uning sözlariga köra, hozirgi vaqtda "politsiya, qöşin va kema egasi bilan keyingi harakatlarga doir fikrlar muhokamasi boşlandi".

U kemaga taxminan Filippin janubiy hududlari yaqinidagi Sulu daryosida hujum uyuştirilgani va u yerda "Abu Sayyaf" terrorçi guruhi faoliyat körsatişini ma'lum qildi.

Bundan taşqari, mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, asirga olinganlarning qarindoşlaridan özini "Abu Sayyaf" terrorçi guruhi jangarilari deb taniştirgan jinoyatçilar deyarli 5 million dollar tovon puli talab qilişgan.

26 martdan 8 aprelga qadar Janubiy Xitoy dengizi va Sulu dengizi xalqaro hududida odam öğirlaş bilan boğliq uç hodisa sodir böldi. Bu hodisalar uçun javobgarlikni "Abu Sayyaf" terrorçi guruhi öz zimmasiga olgan.