Hindistonning şimoli va şimoli-şarqiy qismidagi kuçli jala va çaqmoqlar oqibatida jabrlanganlar soni 138 kişiga yetdi. Ularning ayrimlari çökib ketgan bölsa, köpçilik odamlar qulagan daraxtlar va uylar ostida qolib ketgan.

“Noqulay kelgan ob-havo 200 nafardan ziyod kişining hayotiga xavf soldi”, - deb xabar qilmoqda Hindiston tabiiy ofatlarni bartaraf etiş milliy boşqarmasi. “Bixar ştatida çaqmoq urişi oqibatida halok bölganlar soni sönggi ikki kun içida kamida 72 nafarni taşkil etmoqda. Qurbonlardan uç nafarini yoş bolalar taşkil etadi, - deyiladi ma'lumotda. – Uttar-Pradeş ştatida esa 56 kişi çaqmoq urişidan halok bölgan. Xuddi şu sabab Jarkxand ştatida 10 kişi hayot bilan vidolaşgan”.

Şuningdek, boşqarmaning ma'lum qilişiça, boşqa ştatlarda tabiiy ofat oqibatida yuzaga kelgan xavf tufayli halok bölganlar soni 80 nafardan oşadi, kamida 30 kişi jarohatlangan. 900 gektarga yaqin qişloq xöjaligi maydoni zarar körgan.