Toşkentda 23 iyunda Şanxay hamkorlik taşkiloti yetakçilari uçraşuvida Afğonistondagi vaziyatga katta e'tibor ajratiladi, deb ma'lum qildi jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov.

Kremlning baholaşiça, Afğonistonda yomonlaşişga moyil bölgan, şu jumladan toliblar harakatining mustahkamlanişi bilan boğliq keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. "Afğonistonda qurollangan ekstremistlarning umumiy miqdori 60 ming kişiga baholanmoqda, ulardan 10 mingi IŞID otryadlariga kiradi", deb aytdi Uşakov.