Hindiston va Pokiston tarkibga qabul qilinişi evaziga Şanxay hamkorlik taşkiloti davlatlarining jami YaIM hajmi deyarli 2 barobar ortadi va 20 trln dollarga yetadi. Bu haqda Rossiya prezidentining ŞHTdagi maxsus vakili Baxtiyor Xakimov jurnalistlarga ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, ŞHTning 6 mamlakati (RF, Xitoy, Özbekiston, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston)ning yalpi içki mahsuloti hajmi 12 trln dollarni taşkil etadi.

"Hindiston va Pokiston qöşilişi evaziga bu miqdor 20 trln dollarga yetadi", degan Xakimov.

U şuningdek, bu qöşilişdan keyin ŞHT tarkibiga kiruvçi mamlakatlarning jami aholisi soni 3 mlrd kişiga yetişini ta'kidlagan.

Xakimov Hindiston va Pokistonning taşkilotga qabul qilinişi terrorizmga qarşi kuraş va mintaqada xavfsizlikni ta'minlaş borasidagi imkoniyatlarni kengaytirişini, şuningdek, iqtisodiy sohalardagi imkoniyatlarni oşirişiga ham xizmat qilişini qöşimça qilgan.

Uning işonç bildirişiça, ŞHT tarkibi kengayişi birlaşmani yangi darajaga kötaradi.