Xitoyda şaxsi ma'lum qilinmayotgan ayol özi uçun avtoturargoh yaratib olgani aniqlangan. Maşina yonida turgan avtomobil videoregistratori yordamida olingan videoni People's Daily portali e'lon qilgan.

Ayol maşinasiga kelib, biroz oldinga yurgan, söngra maşinasidan çiqib, yoniga oq çiziqlar yuritilgan kulrangdagi ikkita böyraçani örab avtomobiliga solgan. Şundan keyin, yöl çetidagi ustundan R harfi tuşirilgan soxta belgini ham olib, yölida davom etgan.