Hindiston va Pokistonning ŞHTga qabul qilinişi böyiça muzokaralar murakkab keçgan. Lekin yakunda qiyinçiliklar yengib ötilgan. Bu haqda Özbekiston prezidenti Islom Karimov taşkilot a'zolarining tor doiradagi uçraşuvi vaqtida ma'lum qilgan.
Özbekiston rahbarining sözlariga köra, Hindiston va Pokistonning ŞHT tarkibiga töla huquqli a'zo sifatida qabul qilinişi yangi taşkilotda yangi davrni boşlab beradi.
"Yaşirmayman, muzokaralar jarayoni öziga yaraşa qiyin böldi. Buni tan oliş kerak. Ammo yakunda biz barça qiyinçiliklarni yengib ötdik va ŞHT strategik maqsad va vazifalaridan kelib çiqqan holda yagona fikrga keldik", degan Islom Karimov.
Hindiston va Pokistonning ŞHTga qabul qilinişi böyiça jarayon 2015 yilda işga tuşgandi. Ayni vaqtda Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston taşkilot a'zolari hisoblanişadi. Belarus, Möğuliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afğoniston kuzatuvçi maqomiga ega.







