Qozoğistondagi Olmaota-Ostona avtotrassasida yuz bergan YTH natijasida beş nafar Qirğiziston fuqarosi halok böldi. Qurbonlarning tört nafari kiçik yoşli bolalardir. Bu haqda mamlakat içki siyosat taşkilotining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq "Novosti-Kazaxstan" agentligi Mercedes Vito mikroavtobusi va Setra avtobusi töqnaşib ketişi oqibatida tört kişi halok bölib, yana tört nafari jarohatlangani haqida ma'lum qilgan edi.


TIV xabariga köra, respublikaning yana beş fuqarosi oğir jarohat olgan va Qarağanda viloyatining Priozersk şahar şifoxonasiga yotqizilgan.

"Voqea joyiga Olmaotadagi Qirğiziston boş konsulligidan xodimlar yetib kelgan. Ular vaziyatni örganişni va zarur yordam körsatişni maqsad qilişgan", — deyiladi matbuot xizmati bergan ma'lumotda. Aniqlaştirilişiça, Mercedes Vito avtomobilida ön nafar Qirğiziston fuqarosi bölgan.

Ayni damda voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari suriştiruv işlarini boşlab yuborişgan.