AQŞ prezidenti Barak Obama fuqarolarni muhojirlardan qörqmaslikka çaqirdi, çunki ular Amerikani kuçliroq qiladi.

Avvalroq AQŞ Oliy sudi Obamaning 2014 yildagi immigratsion rejasini qöllab-quvvatlamadi. Bu reja millionlab noqonuniy muhojirlarga işlaşga ruxsat berişni közda tutgan.

"Muhojirlar bizning fe'l-atforimizni şakllantirgan va bizni kulçiroq qilgan... Mening qat'iy fikrimça, immigratsiyadan qörqmaslik kerak. Biz hozir ehtimol bizdek körinmagan, bizdan özgaça ibodat qiladigan va özgaça familiyaga ega bölganlardan devor bilan himoyalanişimiz kerak emas, çunki amerikalik böliş bundan ança kattaroq narsadir. Bizni hammamiz teng yaratilganimiz, hammada özining hayotini istagandek yaratişga imkon borligi borasidagi umumiy ğoyalar amerikalik qiladi", deb aytdi Obama maxsus murojaatida.

Obama şu tariqa AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraş uçun Meksika bilan devor qurişga va'dasiga işora qildi.

Obama AQŞ 200 yildan köproq vaqt içida mamlakatning rivojlanişiga kömak bergan bir neça migratsiya tölqinini boşdan keçirganini eslatib ötdi.

"Barça tadqiqotlarning körsatişiça, xoh irland, polyak, nemis, italyan, xitoylik, yapon, meksikalik va keniyalik bölsin, ular ikkinçi avlodida amerikalikdir, ular biz kabidir. Çunki biz bir xil körinişga ega emasmiz va bizning familiyalarimiz bir xil emas. Biroq biz millatimiz asoslangan umumiy qadriyatlarga egamiz", deb qöşimça qildi otasi Keniyadan AQŞga kelgan Obama.

Noqonuniy migratsiya muammosi AQŞda bugungi kunda eng ötkir muammolardan biri hisoblanadi, çunki nolegallar iş örinlarini band qiladilar va mamlakat byudjyetiga soliq tölamaydilar hamda şu tariqa iqtisodiyotga ziyon yetkazadilar.