Xitoyning şarqiy Tszyansu provinsiyasidagi Yançen şahri va boşqa tumanlarida yuz bergan dahşatli töfon 98 kişini hayotdan olib ketdi. Sinxua agentligining xabar qilişiça, yana 800ga yaqin odam turli darajada jarohat olgan. 

Dovul Tszyansu provinsiyasining bir neçta tumanlariga yopirilgan. 23 iyunning ikkinçi yarmida kuçli jala va döl yoqqan. Guvohlarning sözlariga köra, dahşatli şamol avtomobillarni ağdarib, daraxtlarni sindirgan, uylarning tomlarini uçirib ketgan. 

Mamlakat hukumati tabiat injiqliklaridan aziyat çekkan tumanlarga gumanitar yordam yuborgan, ular orasida, mingta yasama çayla va 2 ming krovat ham bor. 

Meteorologlarning ma'lum qilişlariça, şamol tezligi ayrim joylarda soniyasiga 35 metrga yetgan. Uşbu dovul, Yançen şahrida 1966 yildan beri ilk marotaba röy bergan.