Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24 iyun kuni Köksaroyda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etiş uçun mamlakatimizga taşrif buyurgan Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uçraşuv ötkazdi. 

Prezidentimiz Islom Karimov bilan Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev uçraşuvida ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

Özbekiston mintaqada tinçlik, barqarorlikni mustahkamlaşga katta hissa qöşib kelmoqda. Öz taşqi siyosat konsepsiyasiga muvofiq barça davlatlar, birinçi navbatda, qöşni mamlakatlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqda. 

Özbekiston – Qirğiziston – Xitoy temir yöli bunga yaqqol misoldir. Uşbu zamonaviy transport yölagi mamlakatlarimiz örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning yanada kengayişida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Uçraşuvda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş masalalariga e'tibor qaratildi. 

Almazbek Atamboyev samimiy uçraşuv uçun davlatimiz rahbari Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, Qirğiziston Özbekiston bilan yaxşi qöşniçilik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga intilişini qayd etdi. 

Qayd etiş kerakki, bu ikki siyosatçi örtasida bundan avval oxirgi marta 2013 yilning sentabrida Bişkek şahrida ötkazilgan ŞHT sammiti doirasida ikki tomonlama uçraşuv ötkazilgandi.