Benzinli dvigatellar erasi yakunlanayotgani haqida heç kim tortişuvga bormasa kerak. Yaqin kelajakda yöllarda elektromobillar paydo bölişi ham heç kimga sir bölmay qoldi. Xorijda ular soni oşib bormoqda. Yirik avto işlab çiqaruvçi kompaniyalar özlarining elektromobillarini taqdim etişga ulgurişdi. Ularning 15 tasini 2020 yilda foydalanişga topşirilişi kutilgan.

Tesla Model 3

Yaqinda Tesla kompaniyasi Model 3 ni taqdim etdi. U ilk ommaviy va arzon  elektromobil böldi. Model 3 ni işlab çiqariş 2017 yilning oxiridan boşlanadi. Maşina 35 ming dollar bölişi kutilmoqda. Bunday narxda hali elektromobil çiqarilmagan.

Tesla Roadster

Elon Mask 2019 yilda Roadster modelini çiqarişni rejalaştirmoqda. Yangi avtomobil haqida heç qanday yangilik yöq. Uning tezlik uçun çiqarilayotgani ayon xolos. Elon Maskning aytişiça, u yuz kilometrli tezlikka uç soniya içida çiqa oladi.

Chevrolet Bolt EV

General Motors özining ilk elektromobili Chevrolet Bolt EV deb nomlangan modelini taqdim etdi. Avtomobil sotuvga 2016 yilning söngida çiqariladi. U bir quvvatlaniş bilan 300 km masofani bosa oladi. Uning narxi 30 ming dollar atrofida böladi.

Audi Quattro E

Audi 2018 yilga kelib özining ilk elektromobil yöltanlamasini çiqaradi. Yangi maşina Quattröning klassik konsepsiyasi asosida yasalgan. Unda uçta motor böladi, bir quvvatlaniş bilan 400 km masofani bosib ötadi.

Porsche Mission E Concept

Porsche ham öz elektromobilini namoyiş etdi. U 2020 yilga kelib seriali işlab çiqarila boşlaydi.  Kompaniya anonsida keltirilişiça, Mission E Concept 15 daqiqa içida 80 foiz miqdorda quvvatlanadi. Bir quvvatlaniş bilan 400 km.dan ziyod masofani bosib ötadi. Bundan taşqari, u juda tez bölib yuz km.li tezlikka uç soniyada erişadi.

Aston Martin Rapide

Britaniyaning Aston Martin avto işlab çiqaruvçisining ma'lum qilişiça, u Xitoyning LeEco texnologik firmasi bilan birlaşib özining Rapide elektrokarini işlab çiqaradi. Tayyor prototip dunyo yuzini 2018 yilda köradi. Uning bahosi 200 ming dollar bölişi kutilmoqda.

Faraday Future

Afsonaviy kontsept-kar butun dunyo aqlini şoşirmoqda va bu bejizga emas. Yangi brend öz elektromobillarini premium-sinfda işlab çiqaradi va Tesla’ga jiddiy raqib bölişi mumkin.

Volkswagen Budd-E

Volkswagen Group sönggi ön yillik içida özining bir qança elektrokarini çiqarişni rejalaştirmoqda. Volkswagen boş direktori Mattias Myullerning ma'lum qilişiça, avto işlab çiqaruvçi 2025 yilda 30 dan ziyod elektrokar modelini çiqaradi. Ular orasida oilaviy avto hisoblanmiş Budd-E modeli ham bor.

Hyundai's Ioniq EV

Hyundai Ioniq EV ayrim bozorlarda 2017 yildayoq paydo böladi. Ioniq elektromobili mart oyida ötgan Jyeneva avtosalonida namoyiş etilgan edi.

Citroen E-MEHARI

Mana şu yil Citroen özining butunlay elektrlaşgan E-MEHARI modelini namoyiş etadi. Sotuv Fransiyada boşlanadi. Uşbu kiçik körinişdagi avtomobil bir quvvatlaniş bilan 200 km masofani bosib ötadi.

Mercedes-Benz B250E

Mercedes-Benz kompaniyasining Daimler bölinmasi turli sinflarga kiruvçi ikkita elektrokar işlab çiqarişni rejalaştirgan. Ulardan biri B250E deb nomlanadi va bir quvvatlanişda 200 km masofani bosib ötadi.

Ford

Kompaniyaning boş direktori Mark Fildsning ma'lum qilişiça, 2020 yilda kompaniya işlab çiqarayotgan 40 foiz avtomobil elektrlaştirilişini istaydi. Marka rejasida 13 ta elektrokar modelini işlab çiqariş turibdi.

Volvo

Volvo özining ilk elektrokarini 2019 yilda çiqaradi. Volvo kompaniyasining boş direktori Xakan Samuelsonning ma'lum qilişiça, 2020 yilga kelib jahonda işlab çiqarilayotgan avtomobillarning 10 foizi elektrlaştiriladi.

Nissan Leaf

Nissan ham Leaf elektrokar modelini çiqarişni rejalaştirgan. U bir quvvatlanişda 300 km masofani bosib ötadi.

Apple

Apple korporatsiyasi özining ilk elektrokarini 2019 yilda çiqarişni rejalaştirgan. Butun dunyo birinçi iCar qanaqa bölişini kutmoqda.

Sarvar Anvar öğli tayyorladi