Toşkentda 28 iyun kuni aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini qöllab quvvatlaş maqsadida Respublika nodavlat-notijorat taşkiloti bölmiş Intilish axborot-öquv markazi qoşida ijtimoiy kömak markazi oçiladi.

Markaz oçilişi DVV International’ning (Germaniya assotsitsiyasining jahondagi milliy Universitetlar bilan xalqaro hamkorlik instituti) «Uyga tölaqonli hayot bilan qaytiş» loyihasi doirasida bölib ötadi.

Markaz aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga psixologik va yuridik kömak körsatadi. Bundan taşqari, ular bilan kadrlar tayyorlaş borasida ham hamkorlik qilinadi.

Loyiha özida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşovçi 1200 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj aholi vakilini qamrab oladi. Ular orasida qamoqdan ozod qilinganlar, giyohvand moddalariga boğlanib qolganlar, OITS bilan kasallanganlar, sil bilan oğriganlar va boşqa bemorlar bor. 

Hozirda loyihaning moliyaviy masalalari bilan Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi şuğullanmoqda.

 

foto:Google image