Bugun Yevropa çempionatida pley-off öyinlari boşlanadi. Ilk öyinda Şveytsariya hamda Polşa terma jamoalari özaro bahslaşişadi. Öyin "Joffrua-Gişar" stadionida Toşkent vaqti bilan 18:00da boşlanadi. Uni angliyalik Mark Klattenburg boşqarib boradi.

Şveytsariya A guruhida mezbonlar Fransiya terma jamoasidan keyin ikkinçi örinni egalladi. Jamoa guruhda ikkita durang va bir ğalabaga erişdi. Polşa esa C guruhida Germaniyadan keyingi ikkinçi örinni egalladi. Levandovski jamoasi guruhda ikkita öyinda ğalaba qozondi va bir marta durang qayd etdi.

Şveytsariya hamda Polşa terma jamoalari öyinini köriş imkoningiz bölmasa, bizning saytimizda olib boriladigan onlayn translyatsiyani kuzatib boring.

TRIBUNA.UZ Şveytsariya – Polşa öyinidan onlayn translyatsiya