BAAdagi Şarja şahri köçalarida Wi-Fi tarqatuvçi çiqindi qutilari örnatilmoqda: dunyo tarmoğiga ulangan birinçi 10ta konteyner "Şarja yuragi" deb nomlangan markaziy tumanda joylaştirilmoqda.
Smart-qutilarni atrof-muhitni himoya qiliş va çiqindilarni qayta işlaşga ixtisoslaşgan Bee’ah kompaniyasi yetkazib bermoqda.
Internetga ulaniş imkoniyatidan taşqari, konteynerlar çiqindini presslaş va quti tölgani haqida xabar beriş imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyatlarni amalga oşiriş uçun konteynerlarga quyoş batareyalari örnatilgan. Jami bölib yuzdan oşiq konteynerlarni şahar böylab örnatiş rejalaştirilmoqda.







