Afğoniston prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Xanif Atmar 25-27 iyul kunlari Moskvaga taşrif buyuradi, deb ma'lum qildi Rossiyaning Kobuldagi elçisi Aleksandr Mantitskiyga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

Atmar Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev bilan uçraşadi.

"Afğoniston Islom Republikasi prezidenti milliy xavfsizlik maslahatçisi Rossiya poytaxtiga safari davomida Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev bilan strategik xavfsizlik böyiça maslahatlaşuvlarda iştirok etadi", deyilmoqda xabarda.

Avvalroq Rossiya va Afğoniston razvedka ma'lumotlari bilan almaşiş böyiça kelişuvga kelganlari ma'lum qilingandi.