Belgiya harbiy havo kuçlarining F-16 rusumidagi 8ta qiruvçi-bombardimonçi samolyotlari Iordaniyaga uçib ketgan. Ular, AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan IŞID nuqtalariga havo zarbalari berişda iştirok etadi. Bu haqda, qirollik mudofaa vazirligi xabar qilgan. 

Belgiya harbiy havo kuçlari sönggi jangovar topşiriqni 2014 yil oktabridan 2015 yil iyun oyigaça amalga oşirgan. Öşanda, byudjyet mablaği yetişmasligi sabab, havo zarbalari beriş amaliyotiga çek qöyilgan edi.