Argentina terma jamoasining yana 2 a'zosi, himoyaçi Haver Maskerano va hujumçi Serxio Aguero Amerika Kubogi finalida Çiliga penaltilar seriyasida mağlub bölingaç Lionel Messi ortidan milliy terma jamoani tark etadi.
Maskerano va Aguero keyingi 3 yilda 3 marta qatorasiga yirik turnirlar finallarida mağlub bölgandi.
32 yoşli Maskerano terma jamoada 2003 yildan buyon öynab keladi, u ötgan vaqt içida terma jamoa libosida 129ta uçraşuv ötkazgan va 3 golga mualliflik qilgan.
28 yoşli Aguero esa terma jamoa bilan 76 uçraşuvda maydonga tuşib, 33 marta raqiblar darvozalarini işğol etgandi.
Biroz oldinroq Messi terma jamoadan ketişi haqida e'lon qilgandi.







